Ispaniya futbol assotsiatsiyasi «Valensiya»ni «Real»ga qarshi o'yindan so'ng chiqargan posti uchun jarimaga tortishi mumkin

Ispaniya La Ligasi 20-turidan o'rin olgan bahsda Madridning «Real» klubi «Valensiya» ustidan yirik 1:4 hisobida g'alaba qozondi. O'yinning asosiy epizodi uchrashuv boshida berilgan penalti bo'ldi. «Valensiya» klubi matbuot xizmati o'z tvitter sahifasida buni «o'g'irlik» deb atadi.
Football Espana nashri «ko'rshapalaklar»ning e'lon qilgan bu posti uchun jazolanishi mumkinligini aytmoqda. Manbaning xabariga ko'ra, Ispaniya futbol assotsiatsiyasi (RFEF) «Valensiya»ga uch ming yevro miqdorda jarima solishi mumkin.
Ma'lumot uchun, «qaymoqranglilar» La Liga turnir jadvalida  49 ochko bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda. «Valensiya» esa 28 ochko jamg'argan holda 9-o'rinda bormoqda.

real valensiya penalti

09.01.2022, 20:59 215 0

Фикрингизни билдиришингиз учун сайтдан рўйхатдан ўтган ёки профилга кирган бўлишингиз керак
×Ёпиш