Ronaldu otasi ishtirokidagi videotasvirni ko‘rgach, yig‘lab yubordi

Bu voqea 2019 yil sodir bo'lgan edi. 
Ingliz televideniyasida namoyish etiladigan ko‘rsatuvlardan birida “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu  ishtirok etdi.
Teleboshlovchi Morgan Pirs bilan suhbat jarayonida futbolchi hissiyotlarini jilovlay olmadi. Unga otasi ishtirok etgan videolavha ko‘rsatilganda beixtiyor yig‘lab yubordi.
Morgan Ronalduga spirtli ichimliklar ta’sirida jigar etishmovchiligi xastaligidan 52 yoshida vafot etgan otasi Joze Aveyru tasvirlangan lavhani qo‘yib bergan. Qisqa tasvirlar otasining uyi ostonasida tasvirlangan bo‘lib, unda ota o‘g‘li Krishtianu bilan qanday faxrlanayotgani haqida gapirgan.
Ronaldu ko‘zini dastro‘molchasi yordamda artib, shunday  deydi: “Men bu lavhani hech qachon ko‘rmaganman, uni hech qachon ko‘rmaganman. Bu ajoyib!”
 
Morgan otasi haqidagi so‘zlari qanchaligini so‘raganda, “Oltin to‘p”ning 5 karra g‘olibi quyidagilarni aytdi:
“Ko‘p, juda ko‘p. Menimcha, bu intervyu kulguli bo‘ladi, men yig‘lashimni kutmagan edim. Men bu kadrlarni oldin hech qachon ko‘rmaganman. Men bu tasvirlarga ega bo‘lishim kerak. Ularni oilamga ko‘rsatmoqchiman.
Men, albatta, otamni 100% bilmayman. U doim mast bo‘lardi. Men u bilan jiddiy suhbat qurmaganman. Bu juda qiyin edi”.
Otasi vafot etganida Ronaldu 20 yoshda edi. Joze Aveyruga o‘g‘lining faoliyatdagi eng muhim daqiqalarni ko‘rish nasib qilmadi.

10.09.2021, 19:05 23 0

Фикрингизни билдиришингиз учун сайтдан рўйхатдан ўтган ёки профилга кирган бўлишингиз керак
×Ёпиш