Messi "Oltin to‘p" g‘olibligidan keyin bayonot berdi

«PSJ» klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2021 yilgi "Oltin to‘p" ni qo‘lga kiritganidan so‘ng bayonot berdi. Bu Messining butun faoliyati yutuqlar «banki» dagi ettinchi shunday sovrindir.
“Men har doim jamoaviy yutuqlarni birinchi o‘ringa qo‘ygan bo‘lsamda, yana bir “Oltin to‘p” ni olganimdan xursandligimni yashirmayman. Argentina terma jamoasidagi barcha jamoadoshlarimga biz o‘tkazgan ajoyib yil uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Barselonadagi sobiq jamoadoshlarim va hozirgi Parij Sen-Jermendagi jamoadoshlarimga ham rahmat aytaman. Va, albatta, oilam va do‘stlarimga, shuningdek, meni qo‘llab-quvvatlayotgan, yonimda bo‘lgan, menga g‘amxo‘rlik qilayotgan va meni har kuni rivojlanishimga yordam berayotgan barcha odamlarga katta rahmat. Ularning ko‘magisiz bu natijalar bo‘lmasdi. Shuningdek, ajoyib marosim va mukofot uchun Franse Footballga rahmat. Hammani bag‘rimga bosaman! ” - deb yozdi Messi o‘zining instagram sahifasida.
 

#Messi#PSJ#BallonDOr

30.11.2021, 15:38 126 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish