Donnarumma klubini tark etadimi?

«PSJ» prezidenti Nosir al-Helayfi italiyalik darvozabon Janluiji Donnarummaning klubni tark etishi haqidagi mish -mishlarni inkor qildi, - deb yozmiqda Fabrisio Romano o‘zining tvitter sahifasida.
"Janluiji Donnarumma muhim o‘yinchi - u «PSJ» ning keyingi mavsumlarda muvaffaqiyat qozonishiga hissa qo‘shadi", - deya al-Helayfi so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Romano.
Eslatib o‘tamiz, Donnarumma 2021- yilda dunyoning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 22 yoshli italiyalik futbolchi o‘tgan yilning eng yaxshi futbolchilarini taqdirlash marosimida Lev Yashin mukofotini oldi.

30.11.2021, 10:11 86 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish