Superliga yo‘llanmasi «Paxtakor» stadionida hal bo‘ladi

Ma’lumki, bu yil Pro-ligada uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan MOQ qoshidagi «Olimpik» futbol klubi kelasi mavsum Superliga yo‘llanmasi uchun o‘tish o‘yinida ishtirok etadi. 2 dekabr kuni kechadigan uchrashuv joyi o‘zgardi.
Muborakning «Mash’al» klubiga qarshi kechadigan bahs dastlab «JAR» stadionida o‘tishi belgilangan edi. Biroq muxlislar uchun maksimal qulaylik yaratish maqsadida o‘yin «Paxtakor» markaziy stadioniga ko‘chirildi.
Bir o‘yindan iborat mazkur qarama-qarshilik 2 dekabr kuni soat 16:00 da boshlanadi. Barcha muxlislarni bo‘lajak bellashuvda kutib qolamiz.
Uchrashuvga kirish: BEPUL

29.11.2021, 20:05 108 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish