Anchelotti «Sevilya» ga qarshi o‘yindan so‘ng Vinitsiusni maqtadi. Nimalar dedi?

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Sevilya» ga qarshi 15-tur uchrashuvidagi g‘alabada jamoa hujumchisi Vinitsius Juniorning hissasini e’tirof etdi.
Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlanib, braziliyalik futbolchi 87-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritdi. Bu mavsumda Vinitsius barcha turnirlarda 11 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
"Vinitsius - ajoyib futbolchi. U har doim jismoniy jihatdan alohida qobiliyatga ega bo‘lgan. Lekin, meni ko‘proq hayratga solayotgani uning ajoyib gollar urishi. Driblingda, yakkama-yakka kurashda juda kuchli, shu qatorda u ajoyib gollar ham uradi.
U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lish sari yana bir qadam tashladi. Asosiysi, u bor e’tiborini yanada yaxshi o‘ynashga qaratgan» - deya Anchelotti so‘zlarini keltirmoqda Marsa.

29.11.2021, 18:17 105 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish