Lautaro Martines: «Men «Inter» ramziga aylanishni xohlayman»

Bundan roppa-rosa bir oy oldin «Inter» jamoa hujumchisi Lautaro Martines bilan shartnomani uzaytirganligi haqida ma’lum qilingandi.
Italiya A Seriyasi 14-turidan o‘rin olgan «Venetsiya»ga qarshi bahsdan so‘ng argentinalik futbolchi o‘z kelajagi haqida gapirib, Milanda qolishga qaror qilganligini ta’kidlab o‘tdi:
«Men «Inter» ramziga aylanishni xohlayman. Bu erga 2018 yilda keldim va o‘sha paytdan boshlab jamoa uchun borimni berdim. Biz hozir chempionlikni himoya qilishimiz kerak. Klub hozirda mavjud bo‘lgan sport formasini saqlab qolishi lozim. Biz o‘yindan o‘yinga tajribali va sabrli bo‘lib bormoqdamiz. Bu bizga uzoq vaqtdan beri birinchi marta Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqishimizga yordam berdi», - deya Lautaroning so‘zlarini keltiradi «DAZN» nashri.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli forvardning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

28.11.2021, 22:22 25 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish