Sulsher: «Eng zulmatli» kunim

Kuni kecha Liverpulga qarshi Old Trafforda bo‘lib o‘tgan baxsdagi alamli 0:5 tarzidagi mag‘lubiyatdan so‘ng «Qizil Iblislar» ustozi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi
«Biz jamoa yoki individual tomondan ham yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik. Liverpuldek jamoaga bu kabi imkoniyatlar yaratib bersa o‘lmaydi, afsuski biz yaratib berdik»
«Bu mening aybim. O‘tgan mavsumda Totenhemga 6:1 sifatida mag‘lub bo‘lgandik. Lekin bugungi mag‘lubiyat avvalgisidan ming martta alamli, chunki raqib Liverpul edi.»
«Shu kungacha ham o‘yinchi, ham murabbiy sifatida Manchester Yunaytedda turli qiyin kunlarni boshimdan o‘tkazdim, lekin bunisi men uchun »eng zulmatli« kun.»
«Jamoamizda avval ham bu kabi vaziyatlar bo‘lgan va biz o‘z darajamizga qayta olganmiz. Bu safar ham shunay bo‘lishiga ishonaman»
«Jamoadan ketishim? Hali aniq biror gap eshitmadim. Keyingi o‘yinga va jamoani yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishini taminlashga ko‘proq e’tibor qaratyabman.»

"Liverpul", "Manchester Yunayted, "Manchester Yunayted", Ole Gunnar Sulsher

25.10.2021, 18:07 13 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish