Ronaldu: "Orzular teatri yonmoqda!"

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan "Atalanta"ga qarshi o‘yindagi "Manchester Yunayted"ning g‘alabasiga hissiy munosabat bildirdi. 
Uchrashuv Manchester shahridagi "Old Trafford" stadionida bo‘lib o‘tdi va 3:2 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Ronaldu esa g‘alaba to‘pini kiritdi.
“Ha! Orzular teatri yonmoqda! Biz tirikmiz! Birlashganimizda, biz qachon taslim bo‘lmaymiz! Bu - Old Trafford!"- deb yozdi Ronaldu Instagram sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" Chempionlar ligasidagi navbatdagi o‘yinini 2 noyabr kuni safarda "Atalanta"ga qarshi o‘tkazadi.

22.10.2021, 22:27 13 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish