Noxush xabar! "Nasaf" yetakchisi uchun mavsum yakunlandi

Xabaringiz bor, "Nasaf" OFK Kubogi hududlar aro finalida Honkongning “Li Man” jamoasi bilan kuch sinashdi, to‘rt bo‘lim davom etgan bellashuvda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. 
Ushbu bellashuvda "ajdarlar" himoya qo‘rg‘onlaridan biri bo‘lgan Husniddin Aliqulov 56-daqiqada jarohat sababli almashtirilgandi.
"Tibbiy tekshiruvlarda aniqlanishicha, Husniddin Aliqulovning umrov suyagi yopiq singan. Husniddin bugun jarrohlik amaliyotini o‘tadi. Himoyachi mavsum so‘ngiga qadar jamoasiga yordam bera olmaydi", -deya yozmoqda klub matbuot xizmati.
Husniddinga shifo so‘rab, tezroq "Nasaf" safiga kelib qo‘shilishini tilab qolamiz.

21.10.2021, 22:56 17 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish