Evropa davlatlari Super Ligaga qarshi

Dushanba kuni Lyuksemburgdagi Evropa Adolat sudida 27 tadan 16ta davlatlar Super Liga loyixasiga qarshi ovoz berishdi. Ular orasida Italiya va Ispaniya, Real Madrid, Barselona va Yuventus jamoalari Super Liga qatnashchilari  bo‘lishiga qaramay, bu loyixaga qarshi davlatlar orasida peshqadam.
Evropa sudi aholi fikrini bilishni maqsad qilgan va keyingi yil boshlarida so‘rovnoma o‘tkazishni rejalashtirgan. Loyixaga qarshi davlatlar «Evropa Futbol Modeli»ni saqlab qolishmoqchi. Bu model jamoalarni moliyaviy holatiga qarab tabaqalamaydi va past darajadagi jamoalar ham top klublarga qarshi o‘yin o‘tkaza oladi.
Bu yil Aprel oyida e’lon qilingan va bir necha kunlardan keyin  to‘xtatilgan bu loyixa ishtirokchiari Chempionlar Ligasidan chiqib, o‘z turnirini tashkil etishni maqsad qilishgan edi. Real Madrid boshlig‘i Florentino Perez boshchilik qilgan bu loyixa hozirda to‘xtatilgan lekin biroz vaqtdan so‘ng faol holatda ish boshlash extimoli bor.

21.10.2021, 15:19 16 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish