Chempionlar ligasi qaytdi. 3-turda nimalarga e’tibor berishimiz kerak? (Anons)

Bugundan Evropa Chempionlar ligasi start oladi. uch jamoa o‘z uyida uch raqibni qabul qiladi.
Luis Suarez tanish raqibga duch keladi.
Suuarez «Liverpul» tarkibida 133 uchrashuvda maydonga tushib 82 gol urgan. Ajoyib formasini ushlab turgan Urugvaylik futbolchi «Atletiko»ni olg‘a boshlashi bilan hammani e’tiborida turadi.
«Shaxtiyor D» «Real» bilan yana kuch sinashadi.
«Shaxtiyor» o‘tgan mavsumda «Real»ni uyda ham safarda ham mag‘lub qila olgan edi. Har ikki jamoaga ham ochko suv va havodek zarur. «Qirollik» klubining o‘tgan turda «Sherif»dan zarba qabul qilib olganini inobatga olsak, Ukrayinaliklar bu safar ham Ispanlarni mag‘lub qila olishi mumkin.
Ikki asrlik futbolchilar
Futbolchining UEFA ChLsi musobaqasida 100ta uchrashvini o‘tkazganiga guvoh bo‘lish kamdan-kam kuzatiladi, lekin bitta o‘yinda ikkitasi?Chorshanba kuni Sankt -Peterburgda «Zenit» himoyachisi Yaroslav Rakitskiy va «Yuventus» ning qarimas himoyachisi Leonardo Bonuchchilar ishtirok etishi mumkin.
Myuller «Benfika»ni yana sinovdan o‘tkazadimi?
«Benfika» 2-turda «Barselona»ni yirik hisobda mag‘lub qilgan bo‘lishi mumkin, lekin bu turda «Bavariya» mehmoni bo‘ladi. Baxtga qarshi Portugaliyaliklar uchun «Bavariya» bilan o‘ynash har doim qiyin bo‘lgan. Jamoalar o‘zaro 10 marta to‘qnash kelgan bo‘lsa, birorta ham uchrashuvda «Benfika» g‘alaba qozona olmagan. So‘ngi bahs 2015/16 yilgi mavsumda bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda Nemis futbolchisi Tomas Myuller so‘ngi topni kiritib jamoasini durrang qayd etishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Myuller bu safar ham «Benfika»ni sinovdan o‘tkaza oladimi? Darvoqe agar Tomas bu safar ham gol ura olsa, gollari sonini 50taga etkazib olishi va ChLda 50ta gol urgan 8-futbolchi bo‘lishi mumkin. 

19.10.2021, 00:53 22 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish