Pioli: "Mag‘lubiyat Milanni yanada kuchli qiladi"

«Milan» bosh murabbiti Stefano Pioli Chempionlar Ligasi 1-turidan o‘rin olgan «Liverpul»ga (2:3) qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat haqida gapirdi.
"Liverpul ajoyib o‘yin namoyish etishdi, ayniqsa birinchi 25 daqiqada. Keyin biz o‘yinni tubdan o‘zgartirib yubordik. Afsuski, ikkinchi bo‘limda o‘zimizning xatolar tufayli gol o‘tkazib yubordik. Bu o‘yin bizning o‘sishimizga yordam beradi.
Jamoa motivatsia olgan, biz raqibning kuchli o‘yinini kutgan edim, lekin biz juda sekin o‘ynadik. Atmosfera, o‘yin va raqibning klassi bizga qiyinchilik tug‘dirdi. Biz uyga Chempionlar Ligasining darajasi juda yuqoriligini tushungan holda qaytmoqdamiz. Bundan keyin biz yanada yaxshi o‘yin namoyish etishga harakat qilamiz", - deydi mutaxassis UEFA matbuot uyushmasiga.

"Liverpul", "MIlan", Stefano Pioli

16.09.2021, 12:55 11 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish