Bellingem Chempionlar Ligasida Mbappening rekordini urdi

«Borussiya» Dortmund yarimhimoyachisi Jud Bellingem «Beshiktosh»ga qarshi uchrashuvda gol urdi.
OptaJoe xabariga ko‘ra, angliyalik futbolchi Killian Mbappening rekordini urishga muvoffaq bo‘ldi. U Chempionlar ligasi tarixida ketma-ket ikki o‘yinda gol urgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. Oldinroq u "Manchester Siti" (1:2) ga qarshi chorak final bosqichida gol urgan edi.
Hozirda Bellingemning yoshi 18 yosh 78 kunni tashkil etadi. Mbappe esa bu natijaga 18 yosh 85 kunda erishgan.
Undan tashqari Bellingem Chempionlar ligasi mehmon o‘yinida gol urgan eng yosh Angliyalik futbolchi bo‘ldi.

"Borussiya Dortmund", Beshiktosh, Jud Bellingem

16.09.2021, 12:41 12 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish