"Qizil iblislar" murabbiyi hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonadi.

Sulsher «MYu» ning guruhdan chiqishi imkoniyatlarini baholadi
 
Ole-Gunnar Sulsherning fikriga ko‘ra jamoasining aniq pley-off bosqichiga chiqishi uchun keyingi 5 o‘yindan 4 tasifa g‘alaba qozonishi kerak bo‘ladi. 
"Keyingi bosqichga chiqishimiz uchun bizga 12 ochko kerak bo‘ladi. Biz barcha uy uchrashuvlarida g‘alaba qozonishimiz va hech bo‘lmaganda bitta mehmondagi uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz kerak - shundagina biz guruhdan chiqishimiz mumkin. Bugun esa biz bitta imkoniyatdan ayrildik. O‘tgan mavsum esa biz «PSJ» va «Leypsig»larni mag‘lub etib boshlagan edik, va shunda hamma bizning guruhdan chiqishimiz aniqligini aytgan edi. Bizda hozir 5 o‘yin bor va bu o‘yinlarda hech bo‘lmasa 10 yoki 12 ochko to‘plashimiz kerak", - keltiradi Sulsherning so‘zlarini jamoa matbuot uyushmasi.

Ole-Gunnar Sulsher

15.09.2021, 22:34 8 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish