«Tottenhem» a’zosi La Ligaga yo‘l olishga yaqin turibdi

Londonning «Tottenhem» klubi huquqlari Ispaniyaning «Sevilya»siga tegishli bo‘lgan yarim himoyachi Brayan Gilga qiziqish bildirmoqda. Insayder Fabrizio Romano bu haqda o‘zining tvitterdagi akkaunti orqali xabar qilmoqda.
 Manbaning ta’kidlashicha, 20 yoshli futbolchi uchun «shporlar» 25 million evro va argentinalik Erik Lamelani taklif qilishi mumkin. Futbolchilar allaqachon o‘tishga rozi bo‘lishgan. Ayni paytda klublar shartnomaning qolgan tafsilotlarini muhokama qilishmoqda.
 O‘tgan mavsumda Gil «Eybar»da ijarada o‘ynadi. Yarim himoyachi to‘rtta gol urdi va to‘rtta golli pas bilan 30 ta uchrashuvda qatnashdi.

La liga, «Tottenhem»

21.07.2021, 10:41 24 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish