«Barselona» a’zosi nemis klubi safiga borib qo‘shilishi mumkin

Goal xabariga ko‘ra Serji Roberto «Bavariya» klubi e’tibor markazida. Xabar qilinishicha, allaqachon klublar o‘rtasida muzokara jarayoni olib borilmoqda.
Serji Robertoning «Barselona» bilan shartnomasi 2022 yil yozigacha amal qiladi. Klub agar shartnoma uzaytirilmasa, erkin agentga aylanadigan futbolchini tekinga qo‘yib yubormoqchi emas.
O‘tgan mavsumda Serji Roberto «Barselona» tarkibida barcha turnirlarda 20 ta o‘yin o‘tkazdi, 1 ta gol urdi, 2 ta golli pas berdi.

Roberto, «Barselona»

21.07.2021, 09:16 30 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish