«Atalanta» posboni APL klubiga o‘tadi

«Atalanta» darvozaboni Perluiji Gollini faoliyatini «Tottenhem»da davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
«Shporlar» Gollinini 2021/2022 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olishadi. Keyinchalik «Tottenhem» yo ijarani uzaytiradi yoki Gollinini 15 million evroga sotib oladi.
O‘tgan mavsumda Gollini «Atalanta» safida barcha musobaqalarda 32 uchrashuv o‘tkazdi va 13 o‘yinda darvozasiga to‘p qo‘yib yubormadi.

APL, «Atalanta»

20.07.2021, 08:39 22 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish