Otabek Umarov: "Joying jannatda bo‘lsin, chempion!"

O‘zbekistonda aralash jang san’ati federatsiyasi rahbari Otabek Umarov Murod Xonto‘raevning vafoti haqida gapirdi.
"Bugun, muqaddas ayyom arafasida o‘zbek sporti og‘ir judolikka duch keldi: do‘stimiz Murod Xonto‘raev bevaqt vafot etdi. Yaqinlari o‘g‘lidan, turmush o‘rtog‘idan, otasidan ayrilishdi. Jangchilar ustozsiz qolishdi, MMA Assotsiatsiyasi etakchilardan birini yo‘qotdi. Millionlab odamlarning qalblaridagi kabi mening qalbimda ham sen mardlik va qat’iyatlik namunasi bo‘lib abadiy qolasan. Oz vaqt yashading, lekin ko‘plarni ilhomlantirishga muvaffaq bo‘lding. Qodir Alloh sabring uchun mukofotlasin, birodarim. Joying jannatda bo‘lsin, chempion!"

Murod Xonto‘raev, Otabek Umarov

19.07.2021, 21:28 39 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish