«Bavariya» frantsiyalik futbolchisini qanchga sotmoqchiligini ma’lum qildi

Bayern Germany nashrining xabar berishicha, «Bavariya» yarim himoyachi Korantin Tolisso bilan xayrlashishga tayyor. Myunxenliklar 26 yoshli frantsuzni 20 million evroga sotishga tayyor.
Tolissoga «Yuventus» va «Napoli» qiziqish bildirmoqda, ammo klublar so‘ralayotgan narxni juda yuqori deb hisoblashadi. Futbolchining «Bavariya» bilan shartnomasi bir yildan so‘ng tugaydi.
O‘tgan mavsumda frantsuz Bundesliganing 16 uchrashuvida 1 ta gol urdi.

bavariya, Yuventus

19.07.2021, 21:21 28 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish