Davron Fayziev: "Og‘ir toifada ishtirok etganiga qaramay tezligi yuqori edi,..."

Murod Xonto‘raev MAA jangchisi: 
15 jang, 12 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat, 1 jang natijasi inobatga olinmagan (raqib Ion Kutelaba, hozirda UFC jangchisi). 8 bor nokaut qayd etgan. 2 marta uslub bilan g‘alaba qozongan.  
Xonto‘raev yoshlik paytidan yakkakurashlarning turli yo‘nalishlarida musobaqalarda ishtirok etib kelgan. 2013 yil Xonto‘raev aynan professional MMAda debyut qilgan. Oxirgi jangini 2019 yilda o‘tkazdi. Janglar olamida “Osiyo ayig‘i” nomini olgandi. Og‘ir toifada ishtirok etganiga qaramay tezligi yuqori edi, karate bazasi sababli oyoqda ham aktiv ishlardi. Oktagonda agressiv va hujumkor uslubni targ‘ib qilgan.
Bugun Murod Xonto‘raev avtoxalokatda vafot etdi. 
O‘limi tafsilotlarini barcha yozdi, o‘qigandirsiz. Biz esa uning sportdagi yo‘lini yodga oldik. 

Manba: Davron Fayziev telegram kanali

Davron Fayziev, Murod Xonto‘raev

19.07.2021, 18:32 43 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish