«Yuventus» va «PSJ» o‘zaro futbolchi almashishi mumkin

Turinning «Yuventus» klubi «PSJ»ga hujumchilar almashinuvini taklif qilmoqchi, deb xabar beradi Football Italia L'Equipe nashriga tayanib.
Manba xabariga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu va Mauro Ikardi klublarini o‘zgartirishi mumkin.
O‘tgan mavsumda portugaliyalik «Yuventus» tarkibida 44 ta o‘yinda 36 ta gol urdi va 4ta golli pas berdi. Uning transfer qiymati 45 million evroni tashkil etadi.
Argentinalik futbolchi so‘nggi mavsumda «PSJ» tarkibida 28 ta o‘yin o‘tkazib, unda 13 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi. Uning transfer qiymati 40 million evroni tashkil etadi

«PSJ», «Yuventus»

19.07.2021, 15:28 25 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish