Grilish "Man Siti"ga o‘tmasligi mumkin

"Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish "Manchester Siti"ga o‘tishni rad qilishi mumkin, deb xabar bermoqda talkSPORT.
Manbaning xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan futbolchi "Aston Villa" bilan shartnomani uzaytirish haqida o‘ylagan, garchi amaldagi kelishuv 2025 yil yozigacha bo‘lsa ham. Oldinroq «shaharliklar» yarim himoyachi uchun 100 million evrodan ko‘proq pul to‘lashga tayyor ekani haqida xabar berilgan edi.
25 yoshli Grilish "Aston Villa" tarbiyalanuvchisi. O‘tgan mavsumda u Birmingem klubi tarkibida barcha musobaqalarda 27 uchrashuv o‘tkazgan, etti gol urgan va 12 golga uzatma bergan.

"Man Siti", Grilish

18.07.2021, 20:12 18 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish