Skoulz: Ular bo‘lmaganda biz kamida 4 bor Chempionlar Ligasida zafar quchardik

Manchesterliklar afsonasi Pol Skoulz o‘zi duch kelgan eng kuchli raqib haqida aytib o‘tdi.
"Biz juda omadsiz jamoa edik. Boshqa har qanday davrda to‘rt, besh va hatto olti marotaba Chempionlar Ligasini yutgan bo‘lardik. Ammo biz Gvardiolaning "Barselona"si bilan bir davrda o‘ynayotgan edik. E xudo, ular naqadar ajoyib jamoa edi?!
Yarim himoyada Iniesta, Xavi va Buskets. Hujumda Anri va Messi kabi afsonalarga ega bo‘lgan "Barselona"dan kuchli jamoani futbol tarixida eslay olmayman", - dedi Pol Skoulz.

01.06.2020, 20:55 30 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish