"Real" muxlislari uchun xushxabar

Ular maydonga tushishga tayyor.
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio jiddiy jarohatdan to‘la forig‘ bo‘ldi, deya xabar bermoqda Marca nashri.
Ispaniyalik futbolchi o‘tgan yilning iyul oyida "Arsenal"ga qarshi uchrashuvda tizzasidan og‘ir jarohat olgan va 7 aprel kuni jarrohlik stoliga yotgan edi. May oyining boshlarida yakka tartibda shug‘ullanishni boshlagan Asensio endi umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarni davom ettiradi.
Belgiya terma jamoasi fizioterapevti Liven Messxalk so‘zlariga ko‘ra, "Real" xavbeki Eden Azar jarohatdan to‘laqonli qutildi va u ham maydonga qaytishga tayyor.

01.06.2020, 18:20 33 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish