"Real"ga gol urgan "Lokomotiv" futbolchisini Ispaniyada olib qolishmoqchi

Uni sotib olishlari ham mumkin.
Mavsumni "Selta" klubida davom ettirayotgan “Lokomotiv” forvardi Fyodor Smolov tez orada La Liga klubi bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda Metaratings.ru nashri xabar tarqatmoqda.
Vigoliklar Moskva klubiga rossiyalik futbolchining 30 iyunda yakunlanadigan shartnomasini iyul oyi oxirigacha uzaytirish bo‘yicha taklif yuboradi. Boisi, koronavirus tufayli Ispaniya chempionatida ham katta to‘xtalish yuzaga keldi va mavsum kechroq yakunlanadigan bo‘ldi. Aytish kerakki, “Selta”da Smolovning transferini 5-6 mln evroga to‘liq sotib olish huquqi bor.
Smolov “Selta” safiga davralar oralig‘ida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan vaqt ichida 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. U yagona golini “Real” Madrid darvozasiga kiritgan edi.

01.06.2020, 17:40 16 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish