Axmetov Germaniyaga jo‘nab ketdi

U aslida avvalroq borishi kerak edi.
Moskvaning TsSKA klubi yarim himoyachisi Ilzat Axmetov tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Germaniyaga uchib ketdi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, asli qirg‘izistonlik bo‘lgan, hozirda esa Rossiya terma jamoasida to‘p surayotgan 22 yoshli futbolchi “Zenit”ga qarshi o‘yinda elkasidan jarohat olgan, ammo pandemiya tufayli ushbu tibbiy ko‘rikka bora olmagan.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus tufayli to‘xtatilgan Rossiya premer-ligasi 21 iyundan davom ettiriladi.

01.06.2020, 17:30 20 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish