Igalo Xitoy klubining bitta sharti bilan 2021 yilgacha «MYu»da qoladigan bo‘ldi

Xitoyning «Shanxay Shenxua» klubi Odion Igaloning «Manchester Yunayted» bilan ijara shartnomasini faqat bitta shart bilan uzaytirishga ruxsat berdi.
 
Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
«Xitoy klubi uzoq muzokaralardan keyin 30 yoshli nigeriyalik hujumchisining «Manchester Yunayted» bilan ijara shartnomasini 2021 yilning yanvar oyiga qadar uzaytirishiga rozi bo‘ldi», - deya yozmoqda manba.
Gap shundaki, Igalo «Manchester Yunayted» safida qolishga ruxsat berilishi uchun Shanxay klubining qo‘ygan talabiga rozi bo‘ldi. Xitoyliklar Igaloning Angliyada yana yarim yil qolishga rozilik berishlari uchun undan 2024 yilgacha belgilangan shartnomaga imzo chekishni so‘ragan. Unga ko‘ra, Odion Xitoyga qaytgach, haftasiga 400 ming funt sterling maosh oladi. Tomonlar kelishuvga rozilik bergan.
Ma’lumot uchun, afrikalik forvard yanvar oyida Xitoy klubidan yarim yillik ijara asosida «MYu» safiga qo‘shilib, 8 o‘yinda 4ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Futbol yangiliklarini saytimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham kuzatib boring!
Manba:penalti.uz

01.06.2020, 15:47 18 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish