"MYu" futbolchisining "Inter"dagi kelajagi qanday?

Italiyaning "Inter" klubi sport direktori Pero Ausilo huquqiy jihatdan "Manchester Yunayted" klubiga tegishli bo‘lgan Aleksis Sanchesni mavsum oxirigacha jamoada qolishini tasdiqladi, deya xabar bermoqda Forzaitalianfootball.
Eslatib o‘tamiz, "Inter" klubi o‘tgan yilning yozida chililik futbolchini ijaraga olgan va haftasiga 100 ming funt sterling to‘lab kelmoqda. Qiziqarli tomoni shundaki, "Inter" klubiga kelib jarohat olgan Sanches, jamoa tarkibida ikkita uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga chiqdi, xolos.
Futbol yangiliklarini saytimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham kuzatib boring!
Manba:penalti.uz

01.06.2020, 14:35 28 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish