AGMK futbolchilari ham koronavirusga test topshirdi

Jamoa mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan.
Xabaringiz bor, bugundan boshlab Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK jamoasi Superliga restartiga tayyorgarlik doirasida o‘z qarorgohida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi. Mashg‘ulotlarga kirishishdan avval jamoa futbolchilari, murabbiylar shtabi va qarorgohda xizmat qiluvchi personallar, jami 43 kishi Covid-19ga test topshirdi. Bu haqda klub matbuot xizati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga qarashli Olmaliq shahri SEOM xodimlari klub istiqomat qilayotgan qarorgohda belgilangan tartibda jamoa vakillaridan test tahlillarini oldi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, barcha 43 nafar klub a’zolarida koronavirus infektsiyasi yo‘qligi aniqlandi va endilikda jamoa Do‘rmondagi qarorgohida shifokorlar nazorati ostida tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga qat’iy amal qilgan holda mashg‘ulotlarga kirishadi.

01.06.2020, 14:35 20 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish