Muxlislar Messini tan oldi, Ronaldu armonda

Lekin ikkisi ham bir biridan qolishmaydi
Goal portali XXI asrning eng zo‘r futbolchisini aniqlash maqsadida ommaviy so‘rov o‘tkazdi. Bir necha bosqichdan iborat bo‘lgan so‘rovda 2000 yildan buyog‘iga to‘p surayotgan futbolchilarga ovoz berildi. Kam ovoz to‘plagan futbolchi tanlovdan chiqib ketdi.
So‘rovnomaning final bosqichida “Barselona” sardori Lionel va “Yuventus” to‘purari Krishtianu Ronaldu ishtirok etdi. Unda 56 foiz ovoz to‘plagan Messi Goal portali tomonidan yangi asrning eng zo‘r futbolchisi, deb e’tirof etildi.  
Final bosqchigacha Messi braziliyalik futbol yulduzlari Neymar va Ronaldoni ortda qoldirdi. Krishtianu esa “Barselona”da porlagan Andres Inesta va Ronaldinodan zo‘r bo‘lib chiqdi.

Messini hurmat qiladigan yagona darvozabon antiqa ishga qo‘l urdi

Neymarning yangi imiji internetni portlatdi (foto)

01.06.2020, 14:25 21 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish