“Mash’al” futbolchilari koronavirus uchun test topshirdi

Rasmiy xabar.
Muborakning "Mash’al" klubi koronavirus uchun test topshirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kecha "Mash’al" futbol klubi bazasiga Qarshi shahridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari tashrif buyurib, jamoaning jami 45 nafar a’zosi – futbolchilar, murabbiylar, personal xodimlardan koronavirusga namuna oldi.
Qayd etish joiz, test topshirgan jamoaning barcha a’zolari sog‘lom ekanligi aniqlandi va ularga maxsus hujjat taqdim etildi.
Ilgariroq, "Bunyodkor" futbolchilaridan ham surtmalar olingani va natijalar manfiy chiqqanligi haqida xabar bergan edik.

01.06.2020, 12:00 21 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish