“Barsa” yangi vunderkind topdi. U Lautarodan zo‘rmi?

Yana bir yulduzcha porlay boshladi
“Barselona” odatiga ko‘ra yosh iste’dod egalarini izlashda davom etmoqda. Lautaro Martines masalasini deyarli hal qilib qo‘ygan kataloniyaliklar yana bir vunderkindni “ovlashga” tushdi.
18 yoshli serb yigiti Lazar Samardjich kuni kecha “Gerta” –“Union” o‘yinida ilk bor Bundesligada maydonga tushdi. “Barselona” skautlari esa bu futbolchini ancha avvaldan kuzatib kelishmoqda va uning o‘yinini yuqori baholagan.
Lazar Samardjichda Germaniya fuqaroligi ham bor. U Germaniyaning 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan terma jamoasida uchta o‘yinda ikkita gol urdi.
Yosh yarim himoyachini qo‘lga kiritish uchun kataloniyaliklar “Manchester Siti”, “Yuventus” va bir qancha boshqa grand klublar raqobatini engib o‘tishi kerak.   

“Bunyodkor”ning sobiq sardori: Angliyaga bor ukam, super yulduz bo‘lasan!

“Bunyodkor”da o‘ynagan yulduz Xolandga baho berdi

25.05.2020, 09:25 19 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish