Ronaldo marhum murabbiyi haqida gapirdi

U dirijyor edi.
Braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronaldo kecha vafot etgan “Inter”dagi sobiq ustozi Luiji Simoni haqida gapirdi.
“Luiji Simoni men uchun shunchaki murabbiy emas edi. Uni aqlli va yaxshi inson sifatida eslayman. U hech qachon nimanidir qilishga majburlamasdi, shunchaki bu nima uchun kerakligini tushuntirardi.
Simoni dirijyor edi, biz esa orkestr. Uning tabassum bilan xotirjam ovozda bergan qimmatli maslahatlari hamon esimda.
Rahmat janob, siz menga o‘zingiz o‘ylaganingizdan ko‘ra ko‘proq narsani o‘rgatdingiz”, - deydi Ronaldo.
Ma’lumot uchun, Simoni boshqaruvidagi “Inter” 1997/98 yilgi mavsumda UEFA kubogini qo‘lga kiritgan edi.

23.05.2020, 11:20 6 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish