Villian "Chelsi"ni muhim pallada tashlab ketmaydi

Muxlislar undan xursand bo‘lishlari mumkin.
"Chelsi" vingeri Villian jamoa bilan qisqa muddatli shartnoma imzolashga tayyor. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 30 iyun kuni shartnomasi tugaydigan 31 yoshli braziliyalik futbolchi hozircha faoliyatini qaysi jamoada davom ettirish bo‘yicha bir qarorga kelgani yo‘q, bundan tashqari APLda mavsum uning shartnomasi tugaydigan paytda tiklanishi aytilmoqda. Shu bois Villian “Chelsi”ni muhim pallada tashlab ketishni istamayapti.
Villian joriy mavsum APLda jami 28 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

23.05.2020, 10:50 6 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish