Sancho uchun yana bir da’vogar paydo bo‘ldi

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
 
20 yoshli angliyalik futbolchi uchun kurashga "Bavariya" va "Manchester Yunayted" klublari qo‘shildi, deya yozmoqda ESPN. 
Myunxenliklar futbolchining transferi borasida "arilar" bilan aloqaga chiqqan. Sanchoning "Borussiya" bilan 2022 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi bor, qaysidir jamoa havbek uchun 120 million evroni to‘lashni xohlasa, dortmundliklar uni qo‘yib yuborishga tayyor. Moliyaviy inqiroz bo‘lishiga qaramay, "Borussiya" futbolchi uchun chegirma qilib berish haqida o‘ylamayapti. 
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Sancho uchun kurashda "Manchester Yunayted" etakchilik qilmoqda. "Bavariya" esa "Siti" futbolchisi Saneni qo‘lga kirita olmasa, Sanchoni xarid qilishga tayyor.
Futbol yangiliklarini saytimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham kuzatib boring!
Manba:penalti.uz

23.05.2020, 07:51 10 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish