Super transfer. “Barselona” Lautaro Martinesni qo‘lga kiritdi

Transfer yozda rasmiylashtiriladi
“Barselona” uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng “Inter” hujumchisi Lautaro Martines bilan kelishuvga erishdi va transfer yozda amalga oshiriladi, deb xabar berdi Cadena Cope nashri.
Kataloniya klubi argentinalik hujumchi shartnomasida ko‘rsatilgan 111 million evro miqdoridagi tovon pulini pasaytirishga urinmoqda. Buning uchun “Barsa” o‘z futbolchilarini Italiyaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishi kerak. Hozircha, Lautaroning transferiga qo‘shiladigan futbolchilardan yarim himoyachilar – Ivan Rakitich va Arturo Vidal, himoyachilardan Nelson Semedu, Samyuel Umtiti va Junior Firpo nomzodi tilga olinmoqda.
22 yoshli Martines joriy mavsumda 31 ta o‘yinda 16 ta gol urdi.

“Barselona”ning antiqa qarori

“Barsa” qaysar futbolchisini ketishga ko‘ndirdi

23.05.2020, 03:55 7 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish