Kike Seten: «Messi bilan ishonchimiz komilki, «Barsa» Chempionlar ligasida g‘olib chiqishi mumkin»

«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten jamoa hujumchisi Lionel Messining Chempionlar ligasidagi kurash borasida fikriga o‘z munosabatini bildirdi.


Mavsum to‘xtab qolishidan avval argentinalik futbolchi intervyularidan biri, agar «Barsa» shunday o‘ynaydigan bo‘lsa, musobaqada g‘olib chiqa olmasligini aytgan edi.

«Ha, bu masala ma’lum rezonans berdi. Lekin, ikkalamiz ham nimani nazarda tutganimizni bilamiz. Ikkimiz ham Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni istaymiz va buni uddalay olamiz.

O‘yindan o‘yinga o‘sishda davom etish kerak. Ammo Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun etarlicha salohiyatga egamiz», – dedi Seten.
Manba: sports.ru

23.05.2020, 04:48 6 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish