Bundesliga. Berlin derbisi «Gerta» yirik hisobda g‘alaba qozondi (videosharh)

Germaniya chempionatining 27-turini Berlin derbisi ochib berdi.
 
«Gerta» o‘z uyida «Union»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Vaholanki, ushbu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmagan edi. Ikkinchi taymda esa mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz 4ta to‘p yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Gerta» o‘z ochkolarini 34taga etkazib, jadvalda 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Union» 30 ochko bilan 12-pog‘onada qoldi.

Germaniya chempionati, 27-tur
Gerta – Union Berlin 4:0 (0:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 51 Ibishevich, 2:0 – 52 Lukebakio, 3:0 – 61 Mateus Kunya, 4:0 – 77 Boyata.
Gerta – Yarsteyn, Plattenxardt, Boyata, Pekarik, Torunariga, Gruyich, Shelbred (Samarjich, 81), Darida (Mayer, 80), Lukebakio (Dilrosun, 75), Ibishevich (Piontek, 75), Mateus Kunya (Mittelshtedt, 66).
Union Berlin – Gikevich, Trimmel, Rayxel (Ryuerson, 63), Fridrix, Parensen, Andrix (Kroos, 72), Premel, Byulter (Malli, 63), Xyubner, Andersson (Polter, 71), Ingvartsen (Udja, 57).
Ogohlantirishlar: Parensen (9), Lukebakio (43), Gruyich (67).
Futbol yangiliklarini saytimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham kuzatib boring!
Manba:penalti.uz

23.05.2020, 04:25 10 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish