Koronavirus Ramzan Qodirovni ham engmoqda. Uning ahvoli birdaniga og‘irlashdi!

Shifo tilab qolamiz
“Axmat” futbol klubining faxriy prezidenti Ramzan Qodirov koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar berilgan edi.
Baza telegram kanali tarqatgan yangi ma’lumotlarga qaraganda, Checheniston rahbarining ahvoli og‘irlashgan. Koronavirus uning o‘pkasining katta qismiga ziyon etkazgan. Ramzan Qodirov bu kasallikka chalinganiga 2-3 hafta bo‘lgani aniqlandi. U Chechenistondagi tumanlardan birining rahbari Valid Abdurashidovni ziyorat qilish va qo‘llab-quvvatlash uchun kasalxonaga borganida virusni ilashtirib olgani aytilmoqda.
O‘zini yomon his qila boshlagan Ramzan Qodirov buni shamollashga yo‘ygan. Uning o‘z vaqtida shifokorlarga murojaat qilmagani, unga koronavirusning jiddiy ziyon etkazishiga sabab bo‘lgan.  
Rossiyada yana bir taniqli shaxs – Habib Nurmagomedovning otasi ham qariyb bir oydan buyon koronavirus tufayli o‘lim bilan olishib yotibdi.

22.05.2020, 21:20 5 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish