"Liverpul" Verner uchun 3 ta futbolchisini sotmoqchi

Uni "Enfild"da kutishmoqda.
"Liverpul" klubi rahbariyati "RB Leyptsig" forvardi Timo Vernerni xarid qilish uchun o‘zining bir nechta futbolchilarini sotib yubormoqchi.
The Athletic nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, mersisaydliklar 3 ta futbolchi - Marko Gruyich, Jerdan Shakiri va Xarri Uilsonni transferga qo‘ymoqchi.
Gruyichning transferi 14,5 million evro, Shakiriniki 16 million evro, Uilsonniki esa 17,5 million evroga baholanmoqda. Shunday qilib “Liverpul” ushbu futbolchilar sotuvidan jami 48 million evro ishlab olishi mumkin.
Bundan avvalroq esa “Liverpul” Verner uchun nemis klubiga 60 mln evro to‘lashga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

22.05.2020, 21:10 7 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish