Aliboev o‘ynaydigan "Seul" safardan g‘alaba bilan qaytdi (video)

Hamyurtimizda jarohat bor.
Bugun Janubiy Koreya K ligasining 3-turidan o‘rin olgan “Pxoxan Stilers” hamda “Seul” jamoalari bahsi bo‘lib o‘tdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuv 1:2 hisobida poytaxtliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Afsuski, “Seul” safidagi hamyurtimiz Ikrom Aliboev elkasidagi jarohatidan to‘liq tuzalmagani bois bu safar ham o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

22.05.2020, 21:00 5 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish