Mourino Gvardiolaga nima degan edi?

10 yil oldingi voqea tarixi.
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino 2009/10 yilgi mavsum EChL yarim final bosqichida "Barselona"ga qarshi o‘yinda kataloniyaliklar ustozi Xosep Gvardiolaga nima deganini eslab o‘tdi.
"Inter" va "Barselona" o‘rtasidagi ikkinchi yarim final uchrashuvida "nerradzurrilar" yarim himoyachisi Tiagu Motta maydondan chetlatilgan edi.
"Buskets deyarli hushsiz maydonga yiqilgach, men o‘zimiz o‘tirgan o‘rindq va "Barselona" zaxira o‘rindig‘ining qoq o‘rtasida edim. Ular ko‘z o‘ngimda bu holatni xuddi g‘alaba qozongandek qarshi olishdi.
Gvardiola Zlatan Ibragimovichga 10 kishi qolgan raqibga qarshi qanday o‘ynash kerak ekanligi borasida ko‘rsatma berdi. Shunda men Pepga hali g‘alabani nishonlashga erta ekanligini aytdim.
Bu mening hayotimdagi eng ajoyib g‘alabalardan biri edi. Biz 0:1 hisobida yutqazmadik, qiyin vaziyatda 3:2 hisobida (ikki o‘yin natijasiga ko‘ra) g‘alaba qozondik", - dedi Mourino "La Gazzetta dello sport" nashriga bergan intervyusida.

22.05.2020, 20:50 7 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish