PSJ tarbiyalagan yosh futbolchi olamdan o‘tdi

Umidli futbolchi edi
Parijda PSJ tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Jordan Diakise 24 yoshida olamdan o‘tdi. Ayni paytda o‘lim tafsilotlari ochiqlanmayapti.
Jordan havaskor maqomidagi “Furiani Alyani” jamoasida himoyachi sifatida o‘ynayotgan edi. Bu futbolchi 2013-2014 yillarda PSJning ikkinchi jamoasida o‘ynagan va asosiy tarkibga kira olmagan. Keyinchadik faoliyatini Shveytsariya va Xorvatiyada davom ettirgan.
Shuningdek, iqtidorli himoyachi Frantsiya o‘smirlar terma jamoasida uchta uchrashuvda maydonga tushgan.

22.05.2020, 17:50 6 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish