PSJ Obameyang uchun qancha sarflamoqchi?

U yangi mavsumni Parijda boshlashi mumkin.
PSJ klubi Angliya premer-ligasining eng yaxshi hujumchilaridan biri hisoblangan Per-Emerik Obameyangni sotib olish bo‘yicha ishlarni faol olib bormoqda.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Frantsiya chempioni 30 yoshli gabonlik futbolchi uchun 39 mln evrodan voz kechishga tayyor. Aytish kerakki, uning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi.
Bundan avvalroq esa Obameyangga “Inter” va “Real”dan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. U joriy mavsum APLda 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 17 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

22.05.2020, 16:15 6 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish