PFL rahbariyatida o‘zgarish

O‘zbek futbolida kutilmagan iste’fo.
O‘zbekiston proffesional futbol ligasi bosh direktori Davron Shoqurbonov lavozimidan ozod etildi. SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, uning o‘rnini vaqtincha Diyor Imomxo‘jaev egallaydi. Tashkilot buni yaqin fursat ichida rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Davron Shoqurbonov 2019 yilning 18 iyun sanasidan buyon ushbu takshilot bosh direktori sifatida faoliyat olib borayotgan edi. 

22.05.2020, 14:45 8 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish