Kavani buning uchun maoshining 40 foizga kamayishiga ham rozi

Uni qanday taqdir kutmoqda?
Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani PSJda qolmoqchi. L'Equipe nashrining yozishicha, 33 yoshli futbolchi Parijda qolish uchun maoshining 40 foizga kamaytirilishiga ham rozi.
Ta’kidlash kerakki, Kavanining PSJ bilan amaldagi shartnomasi yana bir oydan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi. Unga esa “Manchester Yunayted” va “Inter”dan jiddiy qiziqishlar bor.
Kavani joriy mavsum Frantsiya chempionatida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

22.05.2020, 14:15 11 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish