Messiga til tekkizmang!

Leo nega tanqid qilinadi?
Argentina terma jamoasida o‘ynagan Maurisio Pineda “Barselona” etakchisi Lionel Messini himoya qilib chiqdi.
Qanday qilib Messi terma jamoaga Maradonadek xizmat qilmaydi, deyish mumkin? U yiliga 80 ta o‘yin o‘tkazadi, jahon chempionatida finalga etib boradi, Amerika kubogining ikkita finalida o‘ynaydi. Lekin Leoni hech kim qo‘llamaydi. Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib qolaveradi. U Chempionlar ligasining yarim finalida “Liverpul” darvozasiga ikkita gol urgan bo‘lsa ham, aybdor bo‘lib qoldi” dedi Pineda.
Messi “Barselona”dagi faoliyati davomida 34 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Lekin Argentina terma jamoasi safida yuksak natija qayd etolmagani uchun ko‘pchilik Messini mamlakat sharafini himoya qilishda o‘zini ayab o‘ynaydi, deb ayblaydi.

22.05.2020, 13:25 8 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish