"Yuventus" MYu yulduzini ko‘zlamoqda

Bu yaxshi transfer bo‘ladi
“Yuventus” sobiq yarim himoyachisi Pol Pogbani qayta qo‘lga kiritish fikridan qaytgani yo‘q.
Turinliklar ayni paytda futbolchining agenti Rayola bilan muzokaralarni boshlagan va 27 yoshli futbolchining o‘rniga bosniyalik Miralem Pyanich va frantsiyalik Adrian Raboni taklif qilmoqda.
Pol Pogba joriy mavsumda “Manchester Yunayted” tarkibida barcha musobaqalarda atigi 8 ta uchrashuv o‘tkazdi va ikkita golli pas uzatdi. Manchesterni tark etishni istayotgan frantsiyalik futbolchining 2021 yilning yozigacha shartnomasi bor. Pogba 2012-2016 yillarda “Yuventus” sharafini himoya qilib, keyin o‘zi tarbiyalangan klubga qaytgan edi.

22.05.2020, 13:00 7 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish