Xedira: «Ronaldu — futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri»

«Yuventus» yarim himoyachisi Sami Xedira jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.


«Krishtianu — aqlbovar o‘yinchi va ajoyib inson. Men u bilan etti yildan birga o‘ynayapman — besh yil «Real»da va ikki yil «Yuventus»da. Men uni futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi deb hisoblayman, nafaqat mahorati uchun, balki xarakteri uchun ham. U hamisha g‘alaba qozonishni istaydi, hattoki mashg‘ulotda ham.

U — barcha futbolchilar va boshqa insonlar uchun o‘rnak. U bilan birga mashg‘ulot o‘tkazish va o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lganimdan juda xursandman», — dedi Xedira "La Gazzetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida.

Ronaldu ushbu mavsumda «Yuventus» safida A seriya doirasida 24ta o‘yinda maydonga tushib, 21ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi.
Manba: sport24.ru

22.05.2020, 11:13 6 0

Fikringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tigan yoki profilga kirgan bo'lishigiz kerak
×Yopish